- Joylangan sana: 2022-07-06
- Grand Ta'lim
Duogo‘y dono xalqmiz biror ish boshlashidan avval yaxshi niyat va bilan elga dasturxon yozib, chiroyli tilaklar bilan kelganlarning duolarni olishni odat qilishgan. O‘zbekona va milliy qadriyatlarimizga suyangan holda 14-iyun kuni ertalab GRAND MAKTABIda tadbir bo‘lib o‘tdi. Toshkentning Huvaydo mahallasida yangi o‘quv yilidan ish boshlashi rejalashtirilayotgan maktabga hurmatli mehmonlar taklif etilib, dasturxon tuzaldi. Ayni damda taʼlim bo‘layotgan yuksak eʼtibor natijasida muassasa nodavlat o‘quv muassasalari bilan birga, 2022-yilda xususiy o‘rta maktab GRAND maktabi va nodavlat OTM – Yangi asr universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Ushbu sabablar bilan maʼmuriyat mehmonlar eʼtiboriga yangi taʼlim maskanlari taqdimotini ham o‘tkazdi. Tadbir Qurʼoni karim tilovati bilan boshlandi. Mahalla faollari va otaxonlar duo qilishdi. Marosim maktab taʼsischilari, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim mudiri Muhammad Ayubxon domla Homidov, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jomeʼ masjidi imom noibi, Qurʼon xodimi Hasanxon Yahyo Abdulmajid, maʼmuriyat vakillari, xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Muassasa bosh direktori Muzaffar Sattiyev tadbirni kirish so‘zi bilan boshladi. Ushbu maktabning ochish niyati bir necha yillik reja, maqsad bo‘lgani, ayni shu kunlarda ushbu xayrli ish amalga oshib, nasib bo‘layotgani, ushbu taʼlim loyihasining bosh muallifi, o‘z vaqtida zarur tavsiya va ko‘rsatmalar bergan, duolar qilgan zot fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh bo‘lganlarini eslab o‘tdi. GRAND TAʼLIM NTM bugunga kelib respublikada 15ta filial bilan ish olib borayotgani, asosan xorijiy tillarga ixtisoslashgani va bugungi kunda 200dan ortiq ulkan pedagoglar jamoasi bilan taʼlim sohasida ish olib orayotganini so‘zlab o‘tdi. So‘ngra Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov so‘z olib, bugungi kunda nafaqat yurtimizda balki, butun dunyoda taʼlimning ahamiyati o‘ta muhim darajaga ko‘tarilgani, ushbu savobli ishni amalga oshirish, farzandlarimizni bilimli, odobli qilib tarbiyalash, o‘qitish nechog‘lik dolzarb bo‘lib turganini taʼkidladi. So‘zlari yakunida ustoz GRAND MAKTABIga kelgusida muvaffaqiyatlar va xayrli boshlanishlar tilab xayrli duo qildi.
GRAND MAKTABI jamiyatga ilmli, axloq va amalda sobit turuvchi, hur fikr yoshlarni tarbiyalash va tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ziyolilar maktabidir! Zero ilm, axloq va amal taraqqiyotning negizidir.
Copyright © Grand Ta'lim. All Rights Reserved by Startapp.uz