Til bilish afzallikdir

GRAND TAʼLIM muassasasi 2008 yildan buyon xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan taʼlim va tarbiya maskanidir. Bugungi kunga kelib respublikamizning turli geografik nuqtalarida 15 ta filiallar orqali o‘quvchilarga 20 dan ortiq yo‘nalishlarda bilim va tarbiya ulashib keladi. Til bilish albatta afzallikdir zero til bilgan, el bilar, der dono xalqmiz! 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-sinfdan 8-sinfgacha boʻlgan sinflarga qabul boshlandi. Boshlang‘ich sinflarda xorijiy til sifatida ARAB, INGLIZ va RUS tillari o‘rgatiladi, yuqori sinflarda esa ikkinchi til sifatida FRANSUZ, NEMIS, YAPON va KOREYS tillarini tanlash imkoni mavjud.

  • Arab tili
  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Yapon tili
  • Koreys tili
  • Fransuz tili
  • Nemis tili
image

GRAND MAKTABI MAZMUNLI VAQT GAROVI

01

Xorijiy tillar

Bir xorijiy tilida gapirish bir olam bo‘lsa, ikki tilda so‘zlasha olish yangi g‘oyalar va imkoniyat kaliti. Farzandingiz biz bilan birgalikda turli davlatlarning, ajoyib va qiziqarli, madaniyatlari bilan tanishishadi. Masalan Nepalda odamlar bir-birlari bilan tillarni chiqarish usuli bilan salomlashishdi! Ajoyib-a ? Dars vaqtidan so‘ng farzandingizni xorijiy til kursi kutadi.

02

San'at

Sanʼat — inson uchun estetik zavq-shavq manbasi bo‘lib, inson hayotiga go‘zallik baxsh etadi va bolalarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi. Shu bilan birgalikda hayotni kuzatish, o‘rganish va bilish vositasi ham hayotni inson orzu qilgan tomonga o‘zgartirishda yordam beradi. Alohida taʼkidlash joizki sanʼat tarbiya vositasi. Dars vaqtidan so‘ng farzandingizni sanʼat to‘garagiga taklif qilamiz.

03

Robototexnika

Hozirgi kunda robototexnika sohasi juda ommalashmoqda. Bunday yo‘nalishlar o‘quvchilariga tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishga, turli darajadagi murakkablikdagi muammolarni hal qilish jarayoniga ijodiy yondashishni o‘rganishga, shuningdek, jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishga yordam berib, farzandingiz ijodkorlik qobiliyatlarini yana-da rivojlanishiga asos ham bo‘ladi.

image
04

Matematika

Murakkab va qiyin deb taʼriflanadigan, fanlar sultoni matematikani qiziqarli va ajoyib, tesha tegmagan metodikalar asosida o‘rgatamiz. Qiyinchilik va murakkablik tushunchasi, dangasalik sindromining boshlanishidir. Sizning farzandingiz bu kabi xavfli sindromlar bilan zararlanmasligi uchun astoydil harakat qilamiz.

05

Mehnat

Barkamol shaxs tarbiya­sida, albatta, darsdan keyingi mehnat to‘garaklarining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat ja­rayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi taʼlimiy maqsadlarga xizmat qiladi.

06

Sport

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Kundalik faol harakat tanamizda qon aylanish sistemasi yaxshilaydi va albatta bu sog‘lom hayot garovidir. Ha aytgancha qon yaxshi aylanishi miyamiz yaxshi ishlashiga ham sabab bo‘ladi.

image
image
image

BIZNING USTOZLARIMIZ

BIZNING FAXRIMIZ

QOBILIYATLI O‘QUVCHILAR

"NAZM va NAVO"

Grand Ta'lim nazarbek filiali bilag'on bolajon tinglovchilari.

USMON MENING OILAM (Arab tilida)

Grand Ta'lim nazarbek filiali bilag'on bolajon tinglovchisi.

ABDULLOH Navoiyxonlik.

Grand Ta'lim nazarbek filiali bilag'on bolajon tinglovchisi.

SO'NGGI YANGILIKLAR

"ARAB ADABIY TILI" Boshlang'ich Kitobi Qayta Ishlangan Va QR Kodli To'ldirilgan Holda Chop Etildi

Ushbu oʼquv qoʼllanmada arab alifbosi va ifodali oʼqish qoidalari yoritilgan. U GRAND TALIM tinglovchilarining arab tili kursini boshlangʼich…

GRAND TA'LIM Ijtimoiy Tarmoqlarda

Internet, ta’lim va zamon.. GRAND TA'LIM ijtimoiy tarmoqlarda 2008 yilda ish boshlagan ta’lim maskanimiz respublikadagi …

Arab Tilini Oson Va Bepul Youtube Kanalimiz Orqali O'rganing

Ustozimiz Abdulazim Abdulqodirdan til o'rganuvchilar uchun yana bir ajoyib sovg'a! Ayni damga qadar 30ga yaqin arab tilini…