1/15 Savol
Farzandingiz o‘qishni biladimi?
Ha, mustaqil so‘zni to‘liq yoki bo‘g‘inlab o‘qiy oladi;
Kattalar yordamida bo‘g‘inlab o‘qiy oladi;
Yo‘q, hali o‘qishni bilmaydi.
2/15 Savol
Farzandingiz tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qiladimi?
Ha, tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qiladi;
Ikki-uchta tovushlarni talaffuzida adashadi;
Uchdan ortiq tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi
3/15 Savol
Farzandingiz rasm asosida hikoya tuza oladimi?
5ta gapdan ortiq bo‘lgan hikoya tuzadi;
5ta gapli hikoya tuza oladi;
5ta gapdan kam bo‘lgan hikoya tuzadi.
4/15 Savol
Farzandingiz yoddan sheʼr aytib bera oladimi?
Ha, uchdan ortiq sheʼrni ifodali qilib yoddan aytadi;
Ha, sheʼrni ifodali qilib yoddan aytib bera oladi.
Yo‘q, hali sheʼr yodlamadik.
5/15 Savol
Farzandingiz tushunchalarni umumlashtirib ayta oladimi, masalan: olma, anor, nok, bu mevalar, kabi
Ha, mustaqil ravishda umumlashtira oladi;
Kattalarning yo‘naltiruvchi savollari orqali umumlashtira oladi;
Yo‘q, buni hali bajara olmaydi.
6/15 Savol
Farzandingiz yozayotganda/chizayotganda ruchkani/qalamni qanday ushlaydi?
To‘g‘ri ushlaydi va chiziqlarini aniq chizadi;
G‘ayrioddiy tarzda ushlaydi, lekin ishonch bilan chizadi;
Tirsagi tarang, qo‘llari titraydi va uzuq va titragan chiziqlar.
7/15 Savol
Farzandingiz bir yumush bilan mustaqil ravishda qancha ko‘p o‘tira oladi?
30 daqiqadan ortiq;
20-30 daqiqa
20 daqiqadan kam
8/15 Savol
Maktabga chiqishida bolani ko‘proq nima qiziqtiryapti?
Yangi bilim va ko‘nikmalar;
Bog‘chadan ketish va o‘zini kattalardek his qilish;
Yangi fanlar va chiroyli maktab formasi.
9/15 Savol
Farzandingiz tengqurlari bilan muloqotga kirishishga qiynaladimi?
Yo‘q, u boshqa bolalar bilan tez va oson til topishadi;
O‘zi yaxshi tanigan bolalar bilan muloqotga kirishadi;
Muloqotga kirishishda qiyinchilikni his qiladi.
10/15 Savol
Farzandingiz o‘zining ismi-sharifi, ota-onasining ismi-sharifi, uy manzili va yaqinlarining telefon raqamlarini to‘liq aytib bera oladimi?
Ha, xatosiz to‘liq aytib bera olishi mumkin;
Ha, aytib bera oladi, ayrim paytda adashtirib yuborishi mumkin;
Faqat o‘zining ismi-sharifi va ota-onasining ismi-sharifini aytib berishi mumkin.
11/15 Savol
Farzandingiz yil, oy, hafta kunlari hamda sutka qismlarini ajrata oladimi va nomlarini aytib bera oladimi?
Ha xatosiz to‘liq aytib berishi mumkin;
Ha aytib bera oladi, baʼzan adashtirishi mumkin;
Qisman aytib berishi mumkin
12/15 Savol
Atrofini o‘rab turgan hayvonlar, o‘simliklar, gullar va boshqalarning nechtasini nomini aytib bera oladi?
10 tadan ortiq;
7-10 tacha;
5 va undan kam.
13/15 Savol
Farzandingiz kasblarni va ular foydalanadigan anjomlarning nomlarini aytib bera oladimi?
Ha, 5 tadan ortiq anjomlarning nomlarini aytib bera oladi;
5 tadan kam anjomlarning nomlarini aytib bera oladi;
3 tadan kam anjomlarning nomlarini aytib bera oladi;
14/15 Savol
Farzandingiz 10 gacha va orqaga sanay oladimi?
15/15 Savol
Farzandingiz bir vaqtda aytilgan 2-3ta vazifani tushunib, eslab qolib bajara oladimi?
Ha, tushunadi va aniq bajaradi;
Tushunadi, qisman bajaradi;
Tushunib bajarishda qiynaladi.
Mazkur test Foxford dasturi asosida tuzilgan