NIMA UCHUN GRAND MAKTABI?

 

“GRAND TA 'LIM  MAKTABI” zamonaviy bilim, ko‘nikmalar va samarali  metodikalar  asosida tashkil etilgan maktab bo‘lib, o‘z bag‘irida, uzoq yillik tajribaga ega, o‘z kasbining malakali pedagoglarini birlashtirgan taʼlim va tarbiya maskanidir.

Maktabda, taʼlim  to‘laqonli milliy va umumjahon tamoyillariga asoslangan, o‘zbekona qadriyatlarimiz ruhida tashkil etilgan.

GRAND TAʼLIM MAKTABI yoshlarimizga xorijiy tillarda mukammal taʼlim berishni kafolatlay oladigan taʼlim muassasasi hisoblanadi. Muassasada haftasiga 5 kunlik o‘qish kuni joriy etilgan bo‘lib, darslarimiz ertalabki 08:30 dan kechki soat 17:00 gacha davom etadi. Kunning birinchi qismida milliy umumtaʼlim fanlari chuqur o‘rgatilsa, kunning ikkinchi yarimidan boshlab o‘quvchilarimiz sport, sanʼat, xorijiy tillar, robototexnika, mehnat, mantiqiy fikrlash, media savodxonligi, xattotlik kabi to‘garaklarda bo‘lishadi. 

3 mahal halol va pokiza, kaloriya va oqsillarga boy taomlar farzandingiz uchun oshpazlar tomonidan sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi. Ekologik toza, kimyoviy vositalarsiz taomlar menyusi asosida maktab oshxonasining faoliyatini davom ettirish bizning asosiy maqsadlarimizdan biri.

GRAND TAʼLIM MAKTABIda 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul ochiq! 

Taʼlim va tarbiya maskanimizga o‘quvchilarni suhbat orqali qabul qilinadi.

GRAND TA‘LIM MAKTABI ilmli, axloq va amalda sobit, tafakkuri keng yoshlarni tarbiyalash va tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ma‘rifat va ziyo maskanidir! 

 Sizda qo‘shimcha savol va takliflar bo‘lsa bizning ishonch aloqa markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:                                                                                                                                                                                                                                              +99899-905-29-92