Dilorom Abdurahmonova

  • DIREKTOR
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Dilorom Abdurahmonova
  • Tug'ilgan sanasi: 1968-07-10
  • Lavozimi: DIREKTOR
  • Faoliyati: 37 yillik samarali pedagogik faoliyat va boy tajribaga ega bo‘lgan oliy toifali ustozimizni hamkasblari, avvalo, mehribon, oqko‘ngil, yuksak malakali, talabchan hamda fidoyi pedagog sifatida e’tirof etadilar. Ustoz Xalq ta’limi vazirligi hamda BMTning YUNISEF Bolalar jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilgan “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturi doirasida “YUNISEF interaktiv metodlar treneri” sertifikatiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u bir qator metodik qo‘llanmalar va dars ishlanmalari to‘plamlarining muallifi hisoblanadi. 2004-yildan boshlab Toshkent shahar o‘qituvchilar malakasini oshirish institutida katta o‘qituvchi, keyinchalik esa O‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Ko‘p yillik fidokorona mehnati va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun ustozimiz “Xalq maorifi a’lochisi” hamda “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 2019–2020-yillarda “Online maktab” loyihasining mahoratli pedagoglaridan biri sifatida faoliyat olib borgan. 2018-yildan buyon esa Grand ta’lim nodavlat ta’lim muassasasida o‘zining boy tajribasi, yuksak kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.