Baxtiyor Sodiqov

  • AXLOQIY VA TARBIYAVIY ISHLAR BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Baxtiyor Sodiqov
  • Tug'ilgan sanasi: 1994-04-04
  • Lavozimi: AXLOQIY VA TARBIYAVIY ISHLAR BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI
  • Faoliyati: Ta'lim sohasidagi ko‘p yillik izlanishlari, pedagogik mahorati va tashkilotchilik salohiyati bilan ajralib turadigan ustoz bugungi kunda Grand ta'lim nodavlat ta'lim muassasasida axloqiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Kasbiy faoliyati davomida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ta'lim sifatini yuksaltirish va zamonaviy ta'lim muhitini rivojlantirish yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 2016–2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tahsil olgan. Hozirda mazkur oliy ta'lim muassasasining "Islomshunoslik" yo‘nalishi magistratura bosqichida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida boshlagan. Dastlab o‘quv ishlari bo‘yicha inspektor, keyinchalik esa uslubchi sifatida faoliyat yuritib, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish hamda metodik ishlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan. 2021-yil dekabr oyidan Grand ta'lim nodavlat ta'lim muassasasida arab tili yo‘nalishi koordinatori sifatida faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, "Arab adabiy tili: qoida va mashqlar" nomli o‘quv qo‘llanmasining hammualliflaridan biri sifatida ilmiy-metodik faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. 2022-yildan boshlab tarix va tarbiya fanlaridan dars berib, o‘quvchilarda yuksak axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik tuyg‘usi va mustahkam bilimni shakllantirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqda. 2024-yildan buyon Grand ta'lim nodavlat ta'lim muassasasida axloqiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida ta'lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, o‘quvchilarning ma'naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, pedagoglar va ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida faoliyat olib bormoqda. Kasbiga sadoqati, ilmga chanqoqligi va yuksak mas'uliyati bilan ajralib turadigan ustoz bugungi kunda ham ta'lim tizimi rivoji hamda yosh avlod kamoloti yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelmoqda.