Islom Ismoilov

  • JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHISI
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Islom Ismoilov
  • Tug'ilgan sanasi: 1999-11-09
  • Lavozimi: JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHISI
  • Faoliyati: 2023-yildan buyon Grand ta'lim maktabida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi hamda Turon yakkakurash sport turi bo‘yicha murabbiy sifatida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ustoz o‘zining yuksak kasbiy mahorati, boy tajribasi va fidoyiligi bilan o‘quvchilar qalbidan munosib o‘rin egallagan. U yosh avlodni jismonan barkamol, irodali, intizomli va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lida sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. Ustozning samarali murabbiylik faoliyati natijasida bugungi kunga qadar qariyb 40 nafar shogirdi O‘zbekiston chempioni degan sharafli unvonga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 8 nafar shogirdi sport ustasi unvonini qo‘lga kiritgan bo‘lib, bu natijalar ustozning yuksak salohiyati va izchil mehnatining yaqqol ifodasidir. 2018-yildan buyon sport maktabida trener-o‘qituvchi sifatida ham faoliyat yuritib kelayotgan ustoz sportdagi shaxsiy yutuqlari bilan ham alohida e'tirofga sazovordir. U ikki karra Osiyo chempioni, ikki karra Jahon kubogi g‘olibi, besh karra O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Shuningdek, sport ustasi unvoni hamda oliy toifali murabbiy malakasiga ega. Bugungi kunda ustoz o‘zining boy tajribasi, professional yondashuvi va sportga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan nafaqat chempion sportchilarni, balki sog‘lom, irodali va ma'naviy yetuk yoshlarni tarbiyalash yo‘lida ham munosib xizmat qilib kelmoqda.