Manzura Imindjanova

  • MATEMATIKA O'QITUVCHISI
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Manzura Imindjanova
  • Tug'ilgan sanasi: 1974-03-10
  • Lavozimi: MATEMATIKA O'QITUVCHISI
  • Faoliyati: 35 yillik samarali pedagogik faoliyat va boy tajribaga ega bo‘lgan ustozimiz ta’lim sohasida erishgan yuksak natijalari, kasbiy mahorati hamda fidokorona mehnati bilan alohida e’tirof etiladi. Ustozning ko‘plab shogirdlari matematika fanidan o‘tkazilgan tuman va shahar bosqichidagi fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2022-yilda matematika faniga oid “Kvadrat tenglamaning ba’zi tadbiqlari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratib, ta’lim metodikasini boyitishga munosib hissa qo‘shgan. Ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim tizimini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda pedagogik faoliyatdagi yuksak natijalari munosabati bilan 2016-yilda “Xalq maorifi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Hamkasblari ustozimizni, avvalo, mehribon, oqko‘ngil, yuksak malakali, talabchan va fidoyi pedagog sifatida e’tirof etadilar. U kishining kasbiy mas’uliyati, tashkilotchilik qobiliyati va o‘quvchilarga bo‘lgan samimiy munosabati ko‘plab pedagoglar uchun ibrat maktabi hisoblanadi. Mehnat faoliyatini 1991-yilda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2002–2023-yillar davomida mazkur ta’lim muassasasida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va pedagogik jamoa faoliyatini samarali tashkil etishga munosib hissa qo‘shgan. 2023-yildan buyon esa Grand ta’lim nodavlat ta’lim muassasasida faoliyat yuritib, o‘zining boy tajribasi, yuksak kasbiy salohiyati va zamonaviy pedagogik yondashuvlari orqali o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularning ilmiy salohiyati hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Ustozning ko‘p yillik tajribasi, fidoyiligi va ta’limga bo‘lgan yuksak mas’uliyati bugun ham Grand ta’lim jamoasining eng katta boyliklaridan biri sanaladi.