Mamlakatxon So'fibekova

  • BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Mamlakatxon So'fibekova
  • Tug'ilgan sanasi: 1967-09-06
  • Lavozimi: BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI
  • Faoliyati: Ta’lim sohasidagi yuksak kasbiy mahorati va ko‘p yillik samarali faoliyati bilan e’tirof etilgan ustozimiz “Xalq maorifi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibidir. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi hamda BMTning YUNISEF Bolalar jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilgan “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturi doirasida “YUNISEF interaktiv metodlar treneri” sertifikatiga sazovor bo‘lgan. Ustoz YUNISEFning SSG (sanitariya, suv va gigiyena) loyihasi doirasida yaratilgan dars ishlanmalarining muallifi, shuningdek, bir qator metodik qo‘llanmalar va dars ishlanmalari to‘plamlari muallifi sifatida ta’lim tizimining rivojiga munosib hissa qo‘shgan. 2020–2023-yillarda AQSHning USAID Taraqqiyot agentligi hamda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida yaratilgan boshlang‘ich sinflar uchun Ona tili darsligi mualliflaridan biri sifatida ham faol ishtirok etgan. 2006-yildan boshlab Toshkent shahar o‘qituvchilar malakasini oshirish institutida amaliyotchi o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturi doirasida respublikamizning turli hududlarida pedagoglar uchun seminar-treninglar tashkil etib, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan. Uning ilg‘or ish tajribasi shahar miqyosida ommalashtirilgan. 39 yillik samarali pedagogik faoliyat va boy tajribaga ega bo‘lgan 1-toifali ustozimizni hamkasblari, avvalo, mehribon, oqko‘ngil, yuksak malakali, talabchan hamda fidoyi pedagog sifatida e’tirof etadilar. U o‘zining kasbiga sadoqati, har bir o‘quvchiga individual yondashuvi va zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishi bilan alohida hurmat qozongan. 2022-yildan buyon Grand ta’lim nodavlat ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib, o‘zining boy tajribasi, yuksak kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan yosh avlodning puxta bilim olishi, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishi hamda ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.