Gulshona Mustafoyeva

  • ARAB TILI O'QITUVCHISI
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Gulshona Mustafoyeva
  • Tug'ilgan sanasi: ko'rsatilmagan
  • Lavozimi: ARAB TILI O'QITUVCHISI
  • Faoliyati: O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining bakalavriat bosqichida Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishida tahsil olgan. O‘qishni 99 ball bilan muvaffaqiyatli tamomlagan. Bitiruv malakaviy ishi “Arab tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil ilovalarning samaradorligi tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan. Mutaxassisligi— filolog va pedagog (arab va ingliz tillari). O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasining magistratura bosqichida Lingvistika (arab tili) mutaxassisligi bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan va uni a’lo baholar bilan tamomlagan. Magistrlik dissertatsiyasi “Qur’oni Karimning “Baqara” surasida qo‘llangan frazeologizmlarning semantikasi” mavzusida yozilgan. Mutaxassisligi — tilshunos. 2026-yilda O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasining “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (mustaqil izlanuvchi) bosqichiga qabul qilingan. Hozirda “Abu Nasr Farohiyning “Nisob as-Sibyon” asari: qo‘lyozmalari tavsifi va qiyosiy-tekstologik tadqiqi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Arab va ingliz tillari bo‘yicha C1 darajadagi xalqaro va milliy sertifikatlar sohibasi. Shuningdek, rus, turk va fors tillarini ham biladi. 2022-yildan buyon “Grand Ta’lim Olam” nodavlat ta’lim muassasasi hamda Grand ta'lim maktabi nodavlat ta’lim muassasasida arab tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Arab tilini o‘qitish sohasida 5 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega. Dars jarayonida zamonaviy metodika, interaktiv yondashuv va amaliy muloqotga asoslangan ta’lim usullaridan foydalanadi, Shuningdek, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida Gmarabtili sahifasi orqali arab tilini o‘rganishga oid foydali tavsiyalar, mualliflik metodikalari, dars ishlanmalari hamda o‘quvchilarning natijalari bilan muntazam ulashib boradi. O’z blogini manfaatli olib boradi.