Gulnora Rahimova

  • BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI
image

Ustoz haqida ma'lumot

Ustoz haqida ma'lumotlar

  • Ismi sharifi: Gulnora Rahimova
  • Tug'ilgan sanasi: ko'rsatilmagan
  • Lavozimi: BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI
  • Faoliyati: 39 yillik samarali pedagogik faoliyat va boy tajribaga ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchimizni hamkasblari, avvalo, mehribon, fidoyi, yuksak mas'uliyatli, talabchan hamda o‘z kasbiga cheksiz sadoqat bilan xizmat qilayotgan ustoz sifatida e'tirof etadilar. Ustozning ko‘p yillik faoliyati davomida yuzlab o‘quvchilar mustahkam bilim, go‘zal odob-axloq va hayotiy ko‘nikmalarni egallab, keyingi ta'lim bosqichlariga puxta tayyorgarlik bilan qadam qo‘yganlar. Uning asosiy maqsadi har bir bolaning qalbiga ilmga muhabbat, Vatanga sadoqat va ezgu insoniy fazilatlarni singdirishdan iborat. Ustoz 1987-yilda Pedagogika bilim yurtini tamomlab, mehnat faoliyatini boshlagan. 1993-yilda Toshkent davlat pedagogika oliygohining tarix yo‘nalishini tamomlagan bo‘lsa-da, qalbidagi boshlang‘ich ta'limga bo‘lgan cheksiz mehr va ishtiyoq uni yana jajji o‘quvchilar bag‘riga yetakladi. Shundan buyon butun umrini yosh avlodni tarbiyalash va ularga puxta bilim berishga bag‘ishlab kelmoqda. Ustoz o‘qituvchilar sulolasida voyaga yetgan. Onasi, katta opasi va qaynonasi ham sharafli pedagoglik kasbining fidoyilaridir. Yoshligidan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgan ustoz uchun bu kasb nafaqat mehnat, balki hayot mazmuni va qalb ehtiyojidir. U har bir o‘quvchisini o‘z farzandidek mehr bilan tarbiyalaydi, ularning yutuqlarini o‘z muvaffaqiyati deb biladi. Ko‘p yillik faoliyati davomida u o‘quvchilarining mehribon ustozi, jamoaning jonkuyar va talabchan pedagogi sifatida hurmat qozongan. Shu bilan birga, oilasida sevimli turmush o‘rtog‘i, mehribon ona va suyukli buvijon sifatida ham e'tibor va ehtiromga sazovor. 2023-yildan buyon Grand ta'lim maktabi jamoasi safida faoliyat yuritib, o‘zining boy tajribasi, yuksak pedagogik mahorati va samimiy mehr-muhabbati bilan maktabning ta'lim-tarbiya jarayoniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ustozning fidoyiligi, kasbiga sadoqati va yosh avlod kamoli yo‘lidagi xizmatlari jamoa, o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan yuksak qadrlanadi.