Til bilish afzallikdir

GRAND TAʼLIM muassasasi 2008 yildan buyon xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan taʼlim va tarbiya maskanidir. Bugungi kunga kelib respublikamizning turli geografik nuqtalarida 15 ta filiallar orqali o‘quvchilarga 20 dan ortiq yo‘nalishlarda bilim va tarbiya ulashib keladi. Til bilish albatta afzallikdir zero til bilgan, el bilar, der dono xalqmiz! 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-sinfdan 8-sinfgacha boʻlgan sinflarga qabul boshlandi. Boshlang‘ich sinflarda xorijiy til sifatida ARAB, INGLIZ va RUS tillari o‘rgatiladi, yuqori sinflarda esa ikkinchi til sifatida FRANSUZ, NEMIS, YAPON va KOREYS tillarini tanlash imkoni mavjud.

  • Arab tili
  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Yapon tili
  • Koreys tili
  • Fransuz tili
  • Nemis tili
image

GRAND MAKTABI MAZMUNLI VAQT GAROVI

01

Xorijiy tillar

Bir xorijiy tilida gapirish bir olam bo‘lsa, ikki tilda so‘zlasha olish yangi g‘oyalar va imkoniyat kaliti. Farzandingiz biz bilan birgalikda turli davlatlarning, ajoyib va qiziqarli, madaniyatlari bilan tanishishadi. Masalan Nepalda odamlar bir-birlari bilan tillarni chiqarish usuli bilan salomlashishdi! Ajoyib-a ? Dars vaqtidan so‘ng farzandingizni xorijiy til kursi kutadi.

02

San'at

Sanʼat — inson uchun estetik zavq-shavq manbasi bo‘lib, inson hayotiga go‘zallik baxsh etadi va bolalarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi. Shu bilan birgalikda hayotni kuzatish, o‘rganish va bilish vositasi ham hayotni inson orzu qilgan tomonga o‘zgartirishda yordam beradi. Alohida taʼkidlash joizki sanʼat tarbiya vositasi. Dars vaqtidan so‘ng farzandingizni sanʼat to‘garagiga taklif qilamiz.

03

Robototexnika

Hozirgi kunda robototexnika sohasi juda ommalashmoqda. Bunday yo‘nalishlar o‘quvchilariga tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishga, turli darajadagi murakkablikdagi muammolarni hal qilish jarayoniga ijodiy yondashishni o‘rganishga, shuningdek, jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishga yordam berib, farzandingiz ijodkorlik qobiliyatlarini yana-da rivojlanishiga asos ham bo‘ladi.

image
04

Matematika

Murakkab va qiyin deb taʼriflanadigan, fanlar sultoni matematikani qiziqarli va ajoyib, tesha tegmagan metodikalar asosida o‘rgatamiz. Qiyinchilik va murakkablik tushunchasi, dangasalik sindromining boshlanishidir. Sizning farzandingiz bu kabi xavfli sindromlar bilan zararlanmasligi uchun astoydil harakat qilamiz.

05

Mehnat

Barkamol shaxs tarbiya­sida, albatta, darsdan keyingi mehnat to‘garaklarining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat ja­rayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi taʼlimiy maqsadlarga xizmat qiladi.

06

Sport

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Kundalik faol harakat tanamizda qon aylanish sistemasi yaxshilaydi va albatta bu sog‘lom hayot garovidir. Ha aytgancha qon yaxshi aylanishi miyamiz yaxshi ishlashiga ham sabab bo‘ladi.

image
image
image

BIZNING USTOZLARIMIZ

BIZNING FAXRIMIZ

QOBILIYATLI O‘QUVCHILAR

SO'NGGI YANGILIKLAR

Ochilish oldi xayrli tadbir

Duogo‘y dono xalqmiz biror ish boshlashidan avval yaxshi niyat va bilan elga dasturxon yozib, chiroyli tilaklar bilan kelganlarning duolarni olishni odat qilishgan.

GRAND TAʼLIM MAKTABIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!

Maktabimizda 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-sinfdan 8-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun qabul ochiq.